Слова песни "Qiynalar qalbim" Lola Yuldasheva

Qiynalar qalbim oltin qafasda,
Sezilmas yo‘g‘u-borim hayotda.
Shunchaki qo‘g‘irchoq, mavjudman go‘yo
Baxt men uchun orzu , bir ro‘yo.

Yo‘q, ayblolmayman taqdirni,
Ayblolmayman o‘zimni,
Ayblolmayman seni ham. Aybdor kim?

Qaniydi orzular, qaniydi umidlar,
Ro‘yobga oshsa, ey Tangrim,
Sezay borim, keragim.
Qachon bu ertaklar meni ham yetaklar
Menga atalgan baxt tomon?
Kutgum har on, hamon.

Mening osmonimni qopladi bulutlar,
Dardlarimni tinglab , yig‘laydilar ular.
Bunday hayotni men qilmagandim havas
Menga sof tuyg‘ular bo‘lsagina bas.

Yo‘q, ayblolmayman taqdirni,
Ayblolmayman o‘zimni,
Ayblolmayman seni ham. Aybdor kim?

Qaniydi orzular, qaniydi umidlar,
Ro‘yobga oshsa, ey Tangrim,
Sezay borim, keragim.
Qachon bu ertaklar meni ham yetaklar
Menga atalgan baxt tomon?
Kutgum har on, hamon.

Yo‘q, ayblolmayman taqdirni
Ayblolmayman seni ham. Aybdor kim?

Qaniydi orzular, qaniydi umidlar,
Ro‘yobga oshsa, ey Tangrim,
Sezay borim, keragim.
Qachon bu ertaklar meni ham yetaklar
Menga atalgan baxt tomon?
Kutgum har on, hamon.