Ozodbek Nazarbekov "Dey" testo

Traduzione in:ru

Dey

Yo qoshing yanglig‘ egilgan jismi zorimnimu dey?Yo sochingdek tiyra bo‘lgon ro‘zgorimnimu dey?

Kunduz o‘lsa, tungacha aytaymu bepoyon g‘amim,Kecha bo‘lsa, tongg‘a tegru holi zorimnimu dey?

Yo qoshing yanglig‘ egilgan jismi zorimnimu dey?

Hajri qotil birla ko‘nglum holatinmu sharh etay,Dardi muhlik ichra joni beqarorimnimu dey?

Yo qoshing yanglig‘ egilgan jismi zorimnimu dey?

Telbayu madhushu bexud dema kim qildi seni,La’li maygun, so‘zi mulk, o‘zi xumorimnimu dey?

Bobur, ul oyning quyoshdek orazi hijronidaTongg‘a tegru har kecha yulduz sanorimnimu dey?

Yo qoshing yanglig‘ egilgan jismi zorimnimu dey?Yo sochingdek tiyra bo‘lgon ro‘zgorimnimu dey?

Qui è possibile trovare il testo della canzone Dey di Ozodbek Nazarbekov. O il testo della poesie Dey. Ozodbek Nazarbekov Dey testo.