Kerak Emas
Nega ketgan eding,Nega kelding yana?Oʻtgan kunlarimniEslatmagin yana…
Yodimdadir hamon,Yolg'onlaring qalbimdan ketmagan,Mendan o'zgani hech seva olmabsan,Ayt, qanday ishonay?
Kerakmas, qaytsa yana qaygʻu,Kerakmas ko'zim yoshlagan bu tuygʻu.Faqat azoblarga to'la u…Sevging menga kerakmas!
Sevgingdan boshqaniSo'ramagan edim,Senga o'zimdan ham ko'pIshonar edim.
Oqlay olmading ishonchimni,Qayda edi vadang?Yillar o'taverar xuddi shunday,Agar oʻzgarmasang.
Kerakmas, qaytsa yana qaygʻu,Kerakmas ko'zim yoshlagan bu tuygʻu.Faqat azoblarga to'la u…Sevging menga kerak emas!