Nilufar Usmonova "Qayt" paroles

Traduction vers:rutr

Qayt

Shu onda yo‘qliging meni xasta qilarOtilgan o‘q kabi yuragimga,Vaqt davo emish, yondirib ko‘ndirarkan…Yana kuysa-da yomon, so‘nmas umidlarim,Kim bilar, necha bahor-yozYana sensiz oylar-yillar o‘tarkan?Bu qalbim yolg‘izlikda.To‘ydim bu hayotning davo topmas,Dardi bitmas, alamli, achchiq qismatidan!

Qayt!Meni qiynar sensizlik.Qayt, yorim, bu qanday yolg‘izlik!Qiynamay ne bo‘lar yonimga qaytsang!Qani ayt, qani ayt, qani ayt yolg‘onsiz! (2x)

Yuragimda ko‘pdur dog‘lar,Do‘stimdur bugun armonlar,Yor, umid bergin go‘zal sevgimizga!Yo‘lingga ko‘zim termular jim,Menga ham ber mo‘jizadek!Duoni duoga bog‘la, yorim.

Qayt!Meni qiynar sensizlik.Qayt, yorim, bu qanday yolg‘izlik!Qiynamay ne bo‘lar yonimga qaytsang!Qani ayt, qani ayt, qani ayt yolg‘onsiz! (3x)

Ici on peut trouver les paroles de la chanson Qayt de Nilufar Usmonova. Ou les paroles du poème Qayt. Nilufar Usmonova Qayt texte.