Sevinch Mo'minova "Hayot" paroles

Traduction vers:en

Hayot

Hayot juda qiziq ekan,Sinovda ayamas ekan.Yaxshini yomondan uzib,Hech ajrata ololmas ekan.

Ko’rdim qancha beozorni,Aybsiz, aybdorligini.Hayot nahotki bularga,Ro’kach qiladi taqdirni.

Mayli hayot meni sinasin,Qancha sinov bo’lsa yo’llasin.Orzu qilishdan to’xtamayman,Mayli hayot meni sinasin.Mayli hayot meni sinasin,Qancha sinov bo’lsa yo’llasin.Orzu qilishdan to’xtamayman,Mayli hayot meni sinasin.

Hayot sendan bir tilagim,Noxaqlikka yo’l bermagin.Qalbi toza yuraklarini,Bag’ringda hech yig’latmagin.

Yaxshi ko’pdir bu dunyoda,Shuning uchun borsan hayot.Toki yasharkan ezgulik,Hecham tugamaysan hayot.

Ici on peut trouver les paroles de la chanson Hayot de Sevinch Mo'minova. Ou les paroles du poème Hayot. Sevinch Mo'minova Hayot texte.