Ozodbek Nazarbekov "atirgul" paroles

atirgul

Gullar oqshom chog`ida o`yga tolar emishlar,Quyosh botgan tarafga qarab qolar emishlar. (x2)So`ng barchasi subhidam sal iymanib, nozlanib,Quyoshni kutar emish sharq tomonga yuzlanib. (x2)Atirgulim, atirgulim, atirgulim, sevgilim. {x2}Faqatgina atirgul sog`inch dog`lab ko`ksini,Quyoshi ketgan yo`ldan olmas emish ko`zini. (x2)Ters tomondan kun chiqqach, to`lib shabnam ko`zyoshga,Hayrat-u araz bilan qayrilarmish quyoshga.Atirgulim, atirgulim, atirgulim, sevgilim. {x2}Men bir darbadar odam, yo`lda kechar hayotim,Gulim dilda yonadi, bir iltijo, bir dodim. (x2)Bu dunyoda yo`l ko`pdir, gulim umrim xayolda,Gohi janubga botib, chiqadurman shimoldan.Atirgulim sevgilim, men qaylarga yelmayin,Ketib qaysi ko`chadan, qaysi yo`ldan kelmayin.Ko`zlaringni qadab qol, quyosh yanglig` dilimga,Kelgunimcha qarab qol, jo`nab ketgan yo`limga.Gullar oqshom chog`ida o`yga tolar emishlar,Quyosh botgan tarafga qarab qolar emishlar.

Ici on peut trouver les paroles de la chanson atirgul de Ozodbek Nazarbekov. Ou les paroles du poème atirgul. Ozodbek Nazarbekov atirgul texte.