Qolaymi... ketaymi?
Yonimda borsang ham, go‘yo mendan olisdasan.Dilingda boringni nega, quchib, aytolmaysan?Menga ko‘ngling bormi o‘zi, meni sevasanmi?Qanday bilsam bo‘lar senga kerakligimni?
Qolaymi, aytgin, ketaymi men?Seni, balki, tinch qo‘yaymi men?Meni ham, o‘zingni ham, jonim,Qiynamagin.Qolaymi, aytgin, ketaymi men?Bir umrga tark etaymi men?Sendan kutgan orzularimdanVoz kechaveraymi men?
Balki beg‘ubor sevgingni kimdir xor etganmi,O‘sha kimdir bergan ozor qalbingda qolganmi?Bilgim kelar, olgim kelar sening dardlaringni,Qanday bilsam bo‘lar senga kerakligimni?
Qolaymi, aytgin, ketaymi men?Seni, balki, tinch qo‘yaymi men?Meni ham, o‘zingni ham, jonim,Qiynamagin.Qolaymi, aytgin, ketaymi men?Bir umrga tark etaymi men?Sendan kutgan orzularimdanVoz kechaveraymi men?
Bir umrga tark etaymi men..Voz kechaveraymi..