Shahzoda (Uzbekistan) "Sevgi mahzun" letra

Sevgi mahzun

«Hijron kechasi,Visol ko‘chasi,Armonga cho‘kkan yor...Baxt ko‘rinmas,Quvonch sezilmas,Bu dardini bilmaydi yor.»

«Bu ishq chin sevgi-la gulzor,Yurak qayg‘u ila bemor,Bu kech ishq, ko‘zlari zebo,Sog‘inch-la ko‘zlaring xumor.Sevgi mahzun, sevgi afsun,Bu kech ishq, ko‘zlari maftun,Sevgi mahzun, sevgi afsun,Nega, ishq, ko‘zlaring yum-yum?»

«Gohi bir hasrat,Gohi shirin baxt,Tuyg‘umsan betakror.Sensiz yasholmas,Sendan ketolmas,Yuragim sening-la bor.»

«Bu ishq – ishq atalmish gulzor,Unda gulning tikanlari bor.Bu kech ishq, ko‘zlari zebo,Sog‘inch-la ko‘zlaring xumor.»

Sevgi mahzun, sevgi afsun,Bu kech ishq, ko‘zlari maftun,Sevgi mahzun, sevgi afsun,Nega, ishq, ko‘zlaring yum-yum?

Sevgi ko‘zi ojiz,Sog‘inch tinimsizTunlar davomiy qiynaydi, yo-o,Mehringga to‘lgan,Doim sen-la bo‘lgan,Sening-la yashar dillarim bor.

Sevgi – gohida qayg‘u-g‘am,Sevgi – shirin bir dard-alam,Sevgi – ba’zida go‘zal gul,Sevgi – guli tikanli gul,Sevgi – asli bir dunyo,Sevgi – xayol emas, ro‘yo,Sevgi – tuyg‘udir ilohiy,Sevgi abadiy!

Sevgi mahzun, sevgi afsun,Bu kech ishq, ko‘zlari maftun,Sevgi mahzun, sevgi afsun,Nega, ishq, ko‘zlaring yum-yum?

Aquí se puede encontrar la letra de la canción Sevgi mahzun de Shahzoda (Uzbekistan). O la letra del poema Sevgi mahzun. Shahzoda (Uzbekistan) Sevgi mahzun texto.