Orzu
Qalbimda to‘laOrzularim bor,Ushalar qachon?
Eng oliy orzu -Meni doimoSayd etgan inson!
Ishonolmadim –Taqdir yuzma-yuzSenga uchratdi!O‘sha kun, bildim,Hayot sinovgaMeni uzatdi.
Aniq bilaman –Baxtga yetmayman!Dardim yashaydiMening qalbimda.Aniq bilaman –Umid bo‘lsa ham,Hayotim emasMening qo‘limda.
Qiynar yuragim -Nedir gunohim,Shuncha azoblar
Taqdirimiz bo‘lsin!Nega xayolimSeni eslatar?
Armonim bo‘lib,Ushalding, orzu!Bu qanday jazo!Oxirgi so‘zim -Baxtiyor bo‘lgin,Sevgim, alvido!
Aniq bilaman,Baxtga yetmayman,Dardim yashaydiMening qalbimda.Aniq bilaman -Umid bo‘lsa ham,Hayotim emasMening qo‘limda.