Sardor Rahimxon "Ishonmasman" lyrics

Translation to:kkru

Ishonmasman

Yana bir sen kabi jonon borligiga ishonmasman,So‘zingdek so‘zlari dono borligiga ishonmasman. (x2)

Sochingdan tarqalur anbar desam kamlik qilur, dilbar, (x2)Bo‘yingdek bo‘ylari zebo borligiga ishonmasman. (x2)

Jim qolar qo‘zg‘igan shamol, agar sen tabassum qilsang, (x2)Seningdek bulbuli go‘yo borligiga ishonmasman. (x3)

Adoying ko‘p, fidoying ko‘p, shaydoying ko‘pdir dunyoda,Senga mendek biror shaydo borligiga ishonmasman. (x2)

Yana bir sen kabi jonon borligiga ishonmasman...

Here one can find the lyrics of the song Ishonmasman by Sardor Rahimxon. Or Ishonmasman poem lyrics. Sardor Rahimxon Ishonmasman text.