Manzura "Onalar" lyrics

Onalar

To tonggacha ertaklar aytgan,Betob bo’lsak ko’z yoshin yutgan,Kelmay qolsak betoqat kutgan,Sadoqatli munis onalar. (x2)

Onalar, onajonlar,Poyi jannatmakonlar,Onalar, onalar,Munis, mehribonlar. (x2)

Kunning jilosi yuzingizda,Tunlar qarosi ko’zingizda,Hayot ma’nosi so’zingizda,Alla aytgan munis onalar.

Ona bo’lsa dunyo ustuni,Avlod yashar ardoqlab uni,Bu dunyoning eng yorug’ kuni,Ahli jannat munis onalar.

Onalar, onajonlar,Poyi jannatmakonlar,Onalar, onalar,Munis, mehribonlar. (x2)

Aytgan so’zi tilak-duodir,Farzandlarga joni fidodir,Dilda iymon, tilda Xudodir,Mehri daryo, munis onalar. (x2)

Onalar, onajonlar,Poyi jannatmakonlar,Onalar, onalar,Munis, mehribonlar. (x2)

Here one can find the lyrics of the song Onalar by Manzura. Or Onalar poem lyrics. Manzura Onalar text.