Mango Guruhi "Kim aybdor?" Songtext

Übersetzung nach:en

Kim aybdor?

Ikkimizning ajralishimizga,Baxtga teskari yurishimizgaKim aybdor?Paydo bo‘ldi o‘rtada gumon,Ketmoqdamiz ayrilib tamom,Kim aybdor?

Ajralish uchun sevdimmi seni,Bahonalaring yemirib borar meni,Siz meni sevmaysiz degan gaplaringQiladi alam...

O‘ylab ko‘r,Sen bilan o‘tgan umrim ketdimi bekor?Tushunmasang meni, so‘zlaringda, ayt,Ne ma’no bor?Aybni faqat mendan izlamasdanBer o‘zingga savolTakror va takror –Kim aybdor?Aytgin, kim aybdor?

Sarson bo‘ldi o‘rtada sevgi,Balki emasman uning tenggi,Kim aybdor?O‘ylar edim uni har nafas,Bu kunlarni qilmadim havas,Kim aybdor?

Balki bilgansan mendan ketishingni,Bilmadim, sevgimni o‘lgan etishingni.Yolg‘onlaringdan charchadim, o‘zing bilasan –Ketaver!

O‘ylab ko‘r,Sen bilan o‘tgan umrim ketdimi bekor?Tushunmasang meni, so‘zlaringda, ayt,Ne ma’no bor?Aybni faqat mendan izlamasdanBer o‘zingga savolTakror va takror –Kim aybdor?Aytgin, kim aybdor? (2x)

Hier finden Sie den Text des Liedes Kim aybdor? Song von Mango Guruhi. Oder der Gedichttext Kim aybdor?. Mango Guruhi Kim aybdor? Text. Kann auch unter dem Titel Kim aybdor bekannt sein (Mango Guruhi) Text.