Shahrizoda "Kerak emas" Songtext

Übersetzung nach:enrutrtt

Kerak emas

Nega doim ortimdan yurasan?Qayerda bo‘lsam paydo bo‘lasan?Jonimga tegdi sevging endi bekorga,Ovora bo‘lasan...

Axir yuragimga begonasan,Sevgan yorim bor buni bilasan,Intizor bo‘lib kutma sevgimni bekor,Ovora bo‘lasan...

Bu mening orzuim emas,Bunday sevgi kerak emas,Shirin yolg‘onlardan tuzilgan bu sevging,Menga kerak emas...

Bordir yuragimning to‘rida yor,U doim bo‘lgan menga vafodor,Sen ishqim o‘tida yondirma yuraging,Azobga qo‘yma bekor...

Yorim bo‘ladi deb o‘ylamagin,Qimmatbaho sovg‘alar bermagin,Axir jonimga tegdi bu telba sevging,O‘zingni qiynamagin...

Bu mening orzuim emas,Bunday sevgi kerak emas,Shirin yolg‘onlardan tuzilgan bu sevging,Menga kerak emas... (4x)

Hier finden Sie den Text des Liedes Kerak emas Song von Shahrizoda. Oder der Gedichttext Kerak emas. Shahrizoda Kerak emas Text.