Ulug‘bek Rahmatullayev "Ko'rmadim" Songtext

Übersetzung nach:ru

Ko'rmadim

Koʻrmadim hech bir chamanda sen kabi ra`noni man,Zulfi tol-tol, soʻzlari bol, koʻzlari shahloni man.

Koʻzlaring yalt etdiyu qalbimni nurga chulgʻadi,Oftobda koʻrgan edim bunchalar ziyoni man.

Shu qarogʻlar otashida bor vujudim yonadur,Koʻzlaringdan kutmagandim bunchalar jazoni man.

Koʻrmadim hech bir chamanda sen kabi ra`noni man,Zulfi tol-tol, soʻzlari bol, koʻzlari shahloni man.

Ishq seni devona qilgay deb achinmang, doʻstlarim,Mayli koʻrsam ushbu yoʻlda turfa xil savdoni man.

Koʻrmadim hech bir chamanda sen kabi ra`noni man,Zulfi tol-tol, soʻzlari bol, koʻzlari shahloni man. (2x)

Hier finden Sie den Text des Liedes Ko'rmadim Song von Ulug‘bek Rahmatullayev. Oder der Gedichttext Ko'rmadim. Ulug‘bek Rahmatullayev Ko'rmadim Text. Kann auch unter dem Titel Kormadim bekannt sein (Ulug‘bek Rahmatullayev) Text.