Omadim kelmadi
Naqarot:Omadim kelmadi sevgi bogʻida,Inson goh ojizdir hayot oldida.Sevgimga yetolmay egildi boshim,Aylanar bildirmay koʻzimda yoshim.
Hayot goh shirindir, gohida taxir,Inson oʻz taqdirini bilolmas axir.Ulkan togʻlarga hech qilmay e`tiborKichik bir toshdan lek qoqilganim bor.
Naqarot: …..
Yongan yuragimni asta silayman,Oʻshal bevafoning baxtin tilayman.Hayot achchiq soʻzini qancha aytmasin,Hech kimdan taqdirning ozʻi qaytmasin.
Naqarot: …..
Dunyo oʻzi keldi, garchi quvmadim!Koʻzlarim yoshiga qoʻlim yuvmadim!Yoʻlimni poyladilar qancha sanamlar,Lek… Lek bir goʻzalni deb dilda alamlar –
Aylanar bildirmay koʻzimda yoshim…