Yulduz Usmanova "Senga" testo

Traduzione in:ru

Senga

Yulduz bo‘lib porladim,Osmonimga chorladim,Topilmadi lek qadrim bilgan inson.Yuragim ochar edim,Bor mehrim sochar edim,Muhabbatim bo‘lmasdi dilda armon.

Nimalar dedim, dedim,Yana nimaga sevdim, sevdim?Qalbimni nega berdim, berdimSenga?.. (2x)

Bog‘larimga kelar kuz,Osmonimda tanhoman hanuz!Bilarmisan holu zorimni,Jonim?Ro‘yolardan zerikdim,Yo‘llaringga sening ko‘z tikdim,Kelarmisan anglab borimni,Jonim?

Yulduz bo‘lib porladim,Osmonimga chorladim,Topilmadi lek qadrim bilgan inson.Yuragim ochar edim,Bor mehrim sochar edim,Muhabbatim bo‘lmasdi dilda armon.

Nimalar dedim, dedim,Yana nimaga sevdim, sevdim?Qalbimni nega berdim, berdimSenga?.. (4x)

Qui è possibile trovare il testo della canzone Senga di Yulduz Usmanova. O il testo della poesie Senga. Yulduz Usmanova Senga testo.